The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Kutubxonaga inson huquqlariga oid kitoblar sovg‘a qilindi

 

Z.M.Bobur nomli Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiyada inson qadri va yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi mas’uliyat” mavzusida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Davlat va huquq instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi hamkorligida  tashkil etilgan tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yurt, jamiyat ravnaqi, fuqarolar huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlashdagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi.  

Tadbirda mutaxassislar, deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati, yangilanayotgan konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, yangi modda va normalar haqida ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berildi.  

Targ‘ibot tadbiri doirasida kutubxonada “Inson huquqlari burchagi” tashkil etilib, bu yerga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan inson huquqlari himoyasiga oid 200 ga yaqin adabiyotlar sovg‘a qilindi. 


×