O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida joriy yilning 2-choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Institut ilmiy xodimlari va respublikaning turdosh yetakchi tashkilotlari vakillaridan iborat komissiya a’zolari tomonidan suhbat davomida talabgorlarga 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha - davlat hodisasi va mohiyati; davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi; globallashuv sharoitida davlat funksiyalari rivojlanishining tendensiyalari; huquq normalarini sharhlash; qonuniylik va huquqiy-tartibot muammolari; hozirgi zamon davlat va huquqining rivojlanish istiqbollari hamda 12.00.13 - Inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha - inson huquqlarining nazariy va metodologik asoslari, inson huquqlari normalari va manbalari, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim; barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlari; inson huquqlari sohasida ta’lim kabi mavzular doirasida, shuningdek talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tanlangan tadqiqot mavzularining dolzarbligi ilmiy va amaliy ahamiyati haqida savollar berildi.
Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish yuzasidan tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.