2023 yil 27 mart kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Madaniyat saroyida tuman iqtisodiy majmua tashkilotlari, jumladan, moliya, soliq, Bandlikka ko‘maklashish markazi, “Agrobank” AT banki, “Xalk banki” ATB, G‘aznachilik bo‘linmasi, Moliya bo‘limi, Tuman Pochta bo‘limi, Davlat solik inspeksiyasi, Pensiya jamg‘armasi, Dehqon bozori MChJ, Statistika bo‘limi, Xunarmandlar uyushmasi vakillari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonun va referendum" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, erishilgan milliy va xorijiy tajribaning ilg‘or xususiyatlari, kutilayotgan siyosiy jarayonlar, norma ijodkorligi haqida O‘zFA Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.X.Baratov o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendumning mazmun-mohiyatiga alohida urg‘u berib o‘tildi.
Tadbirda 100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.