2023 yil 26 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazining anjumanlar zalida birinchi o‘zbek ayol akademigi, yuridik fanlar doktori, professor Xadicha Sulaymonovaning 110 yil tavallud ayyomiga bag‘ishlangan “O‘zbek ayollaridan birinchi akademik Xadicha Sulaymonovaning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yiol 18 apreldagi 204-F-son Farmoyishi, O‘zFA Prezidentining 2023 yil 20 apreldagi 19-40-son bilan buyrug‘i ijrosi doirasida, “uch avlod uchrashuvi” formatida bo‘lib o‘tdi.
Anjuman Davlat va huquq instituti hamda Respublika sud ekspertizasi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda institut direktori, yu.f.d., professor Turg‘unov Murod Tursunboyevich kirish so‘zi va ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Konferensiya davomida O‘zbekiston yuristlar assosiasiyasi raisi U.Q.Mingboyev “Akademik X.Sulaymonovaning hayot yo‘liga ayrim chizgilar” mavzusida, X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dosent N.T.Kolkanov “Akademik X.Sulaymonovaning faoliyatiga doir”, O‘zFA Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d., professor J.O‘.Toshqulov “Akademik X.Sulaymonovaning ilmiy merosi”, bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d., professor M.X.Baratov “Uch avlod uchrashuvi: talabalikdan – akademiklikka qadar” mavzularida ma’ruza qilishdi.
Anjumanda yoshlar nomidan TDYUU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik liseyi o‘quvchisi, X.Sulaymonova nomidagi stipendiya g‘olibi S.S.Mamasoliyev “Shukronalik” mavzusida chiqish qildi.
Anjuman doirasida Markaz bo‘ylab press-tur tashkil etildi. X.Sulaymonova muzeyiga tashrif amalga oshirildi. Anjuman ishida Adliya vazirligi, TDYUU, Toshkent yuridik texnikumi, M.S.Vosiqova nomidagi akademik liseyi, O‘zbekiston yuristlar assosiasiyasi, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.