So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy maydonda faol harakat qilmoqda. Mamlakatimiz global bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash, savdo-sotiqni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish sari izchil odimlamoqda. Bu jarayonda esa Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga to‘laqonli a’zo bo‘lish asosiy qadamlardan biriga aylandi.
2023 yil 15 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolagan Farmon mazkur (PF–140-sonli) jarayonga rasman yo‘l ochdi. Unga muvofiq, milliy qonunchilik JST me’yorlariga uyg‘unlashtirilishi, iqtisodiy va institutsional islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi.
Jahon savdosi: nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tarozi
Iqtisodiy nazariyada erkin savdo milliy daromadni oshiradi, raqobatni kuchaytiradi va texnologik taraqqiyotga turtki beradi, deb qaraladi. Biroq amaliyotda ko‘plab davlatlar milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida turli to‘siqlar, tarif va kvotalarni joriy etadi.
O‘zbekiston esa erkin savdo tarafdori sifatida ushbu jarayonga bosqichma-bosqich yondashmoqda. Jumladan:
Ilmiy yondashuv: «JST – kecha va bugun»
2024 yilda Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida «Jahon Savdo Tashkiloti: kecha va bugun» nomli ilmiy monografiya nashr etildi. Unda JSTning huquqiy asoslari, O‘zbekiston qonunchiligini ularga moslashtirish jarayoni, raqamli iqtisodiyotdagi huquqiy kafolatlar keng yoritilgan.
Ushbu tahliliy asarda TRIPS (intellektual mulk huquqlari) bitimi hamda xalqaro huquqiy tajribalarni joriy etish masalalari ham atroflicha tahlil qilingan. Shu jihatdan, bu monografiya huquqshunoslar, iqtisodchilar va siyosatshunoslar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
JSTga a’zolik – ustuvor maqsad
JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish «O‘zbekiston – 2030» strategiyasidagi 93 ustuvor maqsaddan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Unga muvofiq, quyidagi vazifalar belgilangan:
Hozirda ushbu yo‘nalishda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Imkoniyatlar eshigi
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish faqat tashqi bozorlar uchun emas, balki ichki bozorda ham sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mahsulot va xizmatlar sifati oshishiga zamin yaratishni anglatadi. Bu yo‘nalishdagi islohotlar:
O‘zbekiston bugun jahon iqtisodiy tizimining teng huquqli ishtirokchisiga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda. Bu jarayonda har bir mutaxassis, tadbirkor va fuqaroning xabardorligi katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, «Jahon Savdo Tashkiloti: kecha va bugun» nomli monografiya ushbu murakkab jarayonni tushunishga yordam beradigan ishonchli ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Akbarshoh Teshaboyev,
Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent