The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston va Tojikiston olimlarining ilmiy mashvarati

2026-yil 25-mart kuni Fanlar akademiyasida Oʻzbekiston-Tojikiston olimlarining ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha joriy ilmiy tadqiqotlar va loyihalar natijalari taqdim etildi:

Fizika, matematika va texnika fanlari yo‘nalishida yuqori texnologiyalar va fundamental ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratildi:

️ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, ularni iqtisodiyot va sanoatda qo‘llash istiqbollari;

️ Yadro texnologiyalari;

️ Seysmologiya, zilzilalarni prognozlash hamda muhandislik tadqiqotlari asosida infratuzilmani mustahkamlash.

Tabiiy fanlar yo‘nalishida inson salomatligi va atrof-muhit bilan bog‘liq muhim masalalar ko‘rib chiqildi:

️ Biotexnologiya va zamonaviy tibbiyot yutuqlari;

️ Immunogenetika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ularning amaliy ahamiyati;

️ Qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror rivojlanish masalalari.

Ijtimoiy va gumanitar fanlar yo‘nalishida mintaqaning boy tarixiy va madaniy merosi ilmiy nuqtai nazardan tahlil etildi:

️ Markaziy Osiyo tarixi, etnografiyasi va antropologiyasi bo‘yicha yangi ilmiy qarashlar;

️ Tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi zamonaviy yondashuvlar;

️ Madaniy meros, qo‘lyozmalarni saqlash, tadqiq etish va ommalashtirish masalalari.

Mazkur konferensiya ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy diplomatiyani rivojlantirish, ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish hamda mintaqaviy barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiya ishida Davlat va huquq instituti xodimlari ham ishtirok etdi. Xususan, Ijtimoiy va gumanitar fanlar yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida institut direktori, yu.f.d., prof. M.Turg‘unov moderatorlik qildi.

Konferensiya yakunida ikki davlat ilmiy hamjamiyati vakillarining kelgusidagi tizimli hamkorligi xususida kelishib olindi.


×