The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida davra suhbati bo`lib o`tdi

2023 yil 30 mart O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va istiqbollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi direktori Rashidov Firuz Tuyg‘unovich kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar xususida so‘z yuritdi. O‘zFA Davlat va huquq instituti Nazariy-tarixiy, davlat-huquqiy va konstitutsiyaviy-huquqiy fanlar bo‘limi bosh ilmiy hodimi yu.f.d. professor N.P.Azizov O‘zbekiston Respublikasining Yangilanayotgan  Konstitutsiyasining ishlab chiqilishi ehtiyoji va zaruratlari, jamiyatning tadrijiy taraqqiyoti natijasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida fikr bildirdi. Yangi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida, bu borada erishilgan milliy va xorijiy tajriba, ularning yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Yangi Konstitutsiyani yaratishda, bir tomondan xalqaro huquqning umum’e’tirof etilgan normalari, ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilganligi, 190 dan ortiq xorijiy davlatlarning Konstitutsiyalari tahlil etilgani bunga yaqqol dalil hisoblanishi uqtirildi.

Ikkinchi tomondan, o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik davlatchilik va huquqiy taraqqiyoti asos bo‘lib xizmat qilganligi, bu esa Konstitutsiyamizning muqaddimasida yaqqol ifodalab berilganligi ta’kidlab o‘tildi. Mamlakatimizda 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilishi belgilangan referendumning maqsadi, tartibi, prinsiplari batafsil yoritildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi paradigmasida “inson – jamiyat – davlat” shakli qaror topayotganligi, bunda inson qadri, insonni e’zozlash – e’tiborimizdagi eng asosiy masala, binobarin, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanayotganligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida ishtirok etgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litsey o‘qituvchilari kun mavzusi yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdilar. Tadbirda 40 ga yaqin o‘qituvchi va talablar ishtirok etdi.


×