The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Referendumi targ‘iboti bo‘yicha tadbirlar davom etadi

Oltiariq tumani markaziy madaniyat saroyida xalq deputatlari tuman Kengashi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi hamda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimligi hamkorligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda 30 aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq Referendumi targ‘iboti bo‘yicha muloqot o‘tkazildi. Unda tumandagi mehnat faxriylari, faol nuroniylar vakillari hamda mahalla oqsoqollari ishtirok etdilar.

 Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Rahmonaliev, O‘zFA Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.X.Baratov, xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Otaboevlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ilg‘or jihatlari qiyosiy rakursda tahlil qilib berildi.

 Hususan, mulkdorlik huquqi, munosib sharoitlarda ishlash huquqi, shaxsiy huquqlar, erkinliklar va burchlarga alohida e’tibor qaratildi.

 Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqchilligi, fuqarolar manfaatlari har narsadan ustunligi haqida so‘z yuritildi. Anjumanda 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.


×