The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Toshkentda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendum yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 28 mart kuni “NNTlar uyi”ning anjumanlar zalida 30 nafardan ortiq Toshkent shahri NNT vakillari va OTM professor-o‘qituvchilari ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendum bo‘yicha Inson huquqlari  bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – keng jamoatchilikni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va bo‘lajak referendumga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishtirishdir.

 Uchrashuv davomida ishtirokchilarga oxirgi besh yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlar soni 22 foiz oshgani, jumladan, respublika bo‘yicha 200 ga yaqin yirik nodavlat notijorat tashkilot faoliyat boshlagani to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi birgalikda bugungi kunda ushbu fuqarolik jamiyati institutlari inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda bag‘rikenglik va inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish, barqaror rivojlanishning eng muhim vazifalari ijrosida muhim rol o‘ynayotgani ham qayd etib o‘tildi.

Uchrashuv mobaynida soha vakillari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilishi nazarda tutilgan normalar borasida ma’lumotlar berildi.

 Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatini jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratadi.

Tadbir O‘zbekiston axborot agentligi “UZA orqali ham yoritildi.


×