The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Xalq konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!

“Ma’naviyat karvoni” doirasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilari tuman madaniyat uyi foyesida oltiariqlik iste’dod egalari bilan dildan suhbatlashdilar.

Ushbu suhbat jarayonida tumandagi 6-maktab o‘quvchisi Amerika qo‘shma shtatlari, Birlashgan arab amirliklari, Buyuk Britaniyada joylashgan nufuzli universitetlarning 15 tasiga qabul qilinib, umumiy miqdorda 642 ming dollar grantga ega bo‘lgan Gavharoy Homidjonova ham ishtirok etib, o‘zining erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi.  

Ijodkor va san’atkorlar davra qurishib, o‘zlarining repertuarlaridan xirgoyi qilishib, o‘zaro fikrlar almashdilar. FA Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, professor Mirodil Baratov yangi konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda san’at ahlining o‘rni va roli haqida fikr yuritdilar.


×