"Ma’naviyat karvoni” doirasida Oltiariq tumanidagi Katput, Yangiariq, Tolko‘cha MFY fuqarolari ishtirokida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi - O‘zbekiston Xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekiston Xalqaro akademiyasi dotsenti, tarix fanlari doktori Ra’no Toshpo‘latova, Ma’naviyat markazi katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahlo Ahrorova, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori Mirodil Baratov, “Nihol” mukofoti sovrindori Adolat Ismoilova, oltiariqlik san’atkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiev, xonanadalar Abdujalil Qo‘qonov, Nuriddin Bo‘tabekov, Elbek Madaliev, Dostonbek Zuhriddinov, Allomjon Munirov, Saidjon Rahimov, shoir Shuhrat Ahmedov kabi ijodkorlar ishtirok etdilar.
Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori Mirodil Baratov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati, undagi xalqchil va insonparvarlik g‘oyalari talqin etildi.