Ayni damda qo‘shni va qardosh Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida o‘z ishini boshlagan “Xitoy – Markaziy Osiyo-2024”: Inson huquqlarini rivojlantirish” xalqaro forumi o‘z ishini davom ettirmoqda. Ushbu xalqaro va nufuzli tadbir «Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mushtarak taqdirlar hamjamiyatini barpo etish, inson huquqlari rivojlanishi va taraqqiyoti» mavzusiga bag‘ishlangan.
Forum ishida mamlakatimizdan tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d. M.Turg‘unov ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir doirasida Murod Tursunbayevich “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xitoy Xalq Respublikasi fan va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlari” mavzusidagi ma’ruza bilan chiqish qildi.