The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yangi Konstitutsiya loyihasida fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari qay darajada aks etgan?

30 mart kuni Buxoro viloyati Nodavlat notijorat tashkilotlarining do‘stlik uyida ushbu viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faollari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. U bo‘lajak referendum va Yangi Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlandi.

Tadbir Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor M.Turg‘unov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga mamlakatimizda ochiqlik siyosatini yangi bosqichda izchil davom ettirish maqsadida faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim normalar kiritilyotganligi, bu o‘rinda, avvalo, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilayotgani va ular faoliyatining kafolatlari belgilanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati ishtirokchilari yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining keng ko‘lamda mustahkamlanayotgani muhimligini, yangi konstitutsiyaviy normalar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish hamda ijtimoiy faolligi va faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbirda  dan ortiq fuqarolik jamiyati instituti vakillar ishtirok etishdi.


×