2023 yil 31 mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 250 maktabning majlislar zalida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti doktoranti, PhD Rashidova Shaxzoda Raimovna tomonidan maktab o‘quvchilariga va o‘qituvchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda 30-aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq Referendumi targ‘iboti bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda 100 ga yaqin maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari qatnashishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti doktoranti, falsafa doktori Sh.Rashidova va Toshkent shahar 250-maktab ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abduraimov Raim Xakimovich yangi tahrirdagi konstitutsiyaning avvalgisidan afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.