The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

2023 yil 4-aprel kuni Toshkent shahri “Orient finans bank” XATB Shayxontohur fililalida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zFA Davlat va huquq instituti, Shayxontohur tumani tomonidan tashkil etildi. Tadbirda O‘zFA Davlat va huquq instituti, Shayxontohur tumani mahalliy Kengash vakillari ma’ruza bilan qatnashishdi.

Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, erishilgan milliy va xorijiy tajribaning ilg‘or xususiyatlari, kutilayotgan siyosiy jarayonlar, norma ijodkorligi haqida O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari, yu.f.d., prof. A.Tulyaganov yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moliya-kredit va bank bo‘limiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib, “O‘zbekiston Respublikasi o‘zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega” (147-modda), “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi” (148-modda), “O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir” (149-modda), “O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir” (150-modda), “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va to‘lov tizimlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir” (151-modda) degan normalariga alohida to‘xtab o‘tildi.

Kelib tushgan savollarga tegishli javoblar berildi. Tabdirda 30 nafardan ortiq bank xodimlari ishtirok etishdi.

 

O‘zFA Davlat va huquq instituti

matbuot xizmati.


×