The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yosh olimlari uchun “Ilmiy tadqiqot olib borishning innovatsion usullari” mavzusida seminar-trening

2024 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “Ilmiy tadqiqot olib borishning innovatsion usullari” treningi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh olimlarda ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Yosh olimlar kengashi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori yu.f.d., k.i.x. Murodjon Turg‘unov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

O‘z navbatida Institut bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d., professor Jo‘raboy Toshqulov “Ilmiy tadqiqot uchun mavzu va ilmiy rahbar tanlash” mavzusida ma’ruza qildi. Taqdimot davomida tadqiqot ishining mavzusini muayyan ilmiy yo‘nalish yoki ilmiy muammoga bog‘lash mumkinligi ta’kidlandi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi, yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, adabiyot va amaliy materiallarning mavjudligi yoki yo‘qligi va hokazolarni hisobga olish tavsiya etilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, ma’ruzachi ilmiy rahbar tanlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘z navbatida Institut bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d., prof.  Mirodil Baratov “Ilmiy dissertatsiyalarni texnik tomondan rasmiylashtirish tartibi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o‘z nutqi davomida Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining  2015 yil  20 martdagi qarori bilan ilmiy dissertatsiyalar loyihalarini rasmiylashtirish tartibga solinishini ta’kidladi. Ma’ruzachi dissertatsiyalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar, ilmiy ishning tuzilishi, uning kirish qismi, asosiy qismlari, xulosasi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati haqida ma’lumot berdi hamda avtoreferatga qo‘yiladigan talablarni ochib berdi.

Institut katta ilmiy xodimi, fal.f.n., Ravshan Nazarov “RINS ilmiy tizim sifatida” mavzusida ma’ruza qildi.

Taqdimot davomida RINS tizimining ta’rifi, uning funksionalligi, tuzilishi va ishlash usullari haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga RINSning afzalliklari, RINS indeksining o‘ziga xosligi, RINS impakt faktorining ta’rifi, ro‘yxatga olish usullari, shuningdek, RINS tarkibiga kiritilgan ilmiy jurnallar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida institut Yosh olimlar kengashi raisi Yaroslav Kvitkov “Google Scholar ma’lumotlar bazasida ilmiy ishlarni indekslash” mavzusida ma’ruza qildi. Ishtirokchilarga Google Scholar ma’lumotlar bazasi haqida, xususan, ma’lumotlar bazasiga kirishning amaldagi tartibi, uning ishlash tamoyillari, undagi nashrlar va mualliflarni izlash haqida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari ilmiy iqtibosning “Hirsh indeksi”, “i10-indeks” kabi turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishtirildi.

×