The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Davra suhbatlari davom etadi

2023 yil 27 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 1 muvofiqlashtirish markazi yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va istiqbollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishini O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d. M.T.Turg‘unov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar xususida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida, bu borada erishilgan milliy va xorijiy tajriba, ularning yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 22 son Jazoni ijro etish kaloniyasi boshlig‘i D.B.Adilov kutilayotgan siyosiy jarayonlar, norma ijodkorligi, pirovardida, Xalq Konstitutsiyasi va ijtimoiy davlatga olib borishini qayd etdi.

 Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum: mohiyat va tartib-taomillar” mavzusida  O‘zFA  Davlat va huquq instituti Ma’muriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limmi boshlig‘i, yu.f.d., prof. A.Q.Xudoyberdiev nutq so‘zladi. Mamlakatimizda 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilishi belgilangan referendumning maqsadi, tartibi, prinsiplari batafsil yoritildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi paradigmasida “inson – jamiyat – davlat” shakl tobora moddiylashayotgani, bunda inson qadri, insonni e’zozlash – e’tiborimizdagi eng asosiy masala, binobarin, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanayotganligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida Jazoni ijro etish departamenti 1 muvofiqlashtirish markazi mutaxassislari ishtirok etdi, kun mavzusi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

 


×