The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari

2023 yil 12 aprel kuni Samarqand shahridagi Do‘stlik uyi konferens-zalida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor M.Turg‘unov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti  bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.Baratov va Institut bosh ilmiy xodimi yuridik fanlar doktori, professor N.Azizov tomonidan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha hamda referendumning tartib-tamoyillari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlis deputatlari, viloyatdagi faol nodavlat notijorat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar, ommaviy axborot vositalari taklif etildi. Unda milliy-ma’rifiy markaz direktorlari, nogironlar va ko‘zi ojizlar jamiyati vakillari va mutaxassislar qatnashishdi.

Davra suhbatini ochib bergan O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori, professor M.Turg‘unov “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, Konstitutsiyada inson xuquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qoidalar hamda ularga amal qilish holatini yangi tartibda belgilanayotganligi hususida batafsil tushuncha berdilar. Ishtirokchilar suhbat davomida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari roli va ahamiyatini tubdan oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, bu borada 200 dan ortiq xujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi izchil amalga oshirilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida, professor M.Turg‘unov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi,  Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan viloyat Ko‘zi ojizlar jamiyati raisiga  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi taqdim etdi.

Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi Brayl alifbosidagi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi o‘z qo‘li bilan o‘qib ko‘rib mamlakatimiz Prezidenti, huqumati va ushbu kitobni ko‘zi ojizlarga yetkazib berishda barcha qatnashganlarga cheksiz minnatdorchiligini bildirib, benihoyat hursand bo‘lganini aytdi. Shuningdek, u yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyaning 57-moddasida ta’kidlangan norma, ya’ni nogironligi bo‘lgan, xususan ko‘zi ojiz shaxslarning huquqlari davlat tomonidan to‘la kafolatlangani hamda ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyati mavjudligini ushbu, Brayl alifbosidagi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi orqali, yaratilganini amalda ifodasini topganligini alohida ta’kidladi.

Professor Baratov o‘z so‘zida, amaldagi konstitutsiyamizga shu kungacha 16 marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani, ularning asosiy qismi davlat boshqaruvi, prezident, hukumat va saylov tizimi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ekanligi, endigi konstitutsiya o‘zgarishida 50 foizdan ortiq o‘zgarishlar inson huquqlari bilan bog‘liqligini tushuntirdi. Shuningdek, bir yil oldin e’lon qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomi «Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish» deb nomlanganligini, o‘sha paytdagi birinchi bosqichda 60 mingta taklif tushdi va o‘zgarishlar u qadar katta bo‘lmaganini, 150 ming taklif tushgandan so‘ng esa loyiha hajmi ham kengayganini ta’kidladi. Ya’ni taklif qilinayotgan loyihada 128 ta modda 155 taga ko‘paygani, 275 ta me’yor 434 taga oshgani, 91 ta me’yorga fundamental o‘zgartirish kiritilgani hamda fundamental asosiy prinsiplar saqlanib qolgani uchun yangi Konstitutsiya deyish ham bir tomondan noto‘g‘ri ekanligini tushuntirdi. Eng muhimi, inson huquqlari bilan bog‘liq masalalar o‘zgarganini, davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 karra oshganini alohida ta’kidladi.

Ayni vaqtda, O‘zbekiston FA davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., prof. Murodjon Turg‘unov Samarqand viloyati NNT Do‘stlik uyi konferens-zalidan turib, onlay tizim orqali tashkil etilgan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Konstitutsiyaviy islohotlar va ijtimoiy davlat qurish” mavzusiga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Qozog‘iston xalqaro davra suhbatini ochib berdi.

Tushgan savollarga tegishli javoblar berildi. Davra suhbatida 20 dan ortiq kishi ishtirok etdi.


×