The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Tergov hibsxonasi xodimlarining bilim va malakasini oshirildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 1-son tergov hibsxonasida Ichki ishlar organlari xodimlari “xizmat intizomi oyligi” reja-dasturi doirasida tergov hibsxona xodimlarining bilim saviyasini yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi o‘quv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, dotsent M.Turg‘unov, Institut direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor A.Tulyaganov, 1-son Tergov hibsxonasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi polkovnik B.Parmonov, hibsxona boshlig‘ining Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Inagamov hamda hibsxona xodimlari ishtirok etdi.

Institut direktori, yuridik fanlar doktori, dotsent M.Turg‘unov tomonidan hibsxona xodimlariga bugungi kunda jinoiy jazolar tizimini liberallashtirish, mahkumlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular bilan bo‘ladigan munosabatlarda kasbiy va etika qoidalariga rioya qilish haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, M.Turg‘unov so‘nggi 6 yilda yurtimizda jazoni ijro etish muassasalari tizimini takomillashtirish, ularning ish faoliyatini, avvalo, insonparvarlik g‘oyalari asosida tashkil etish, muassasalarda qiynoqlar va qonunga zid bo‘lgan holatlarga butunlay barham berish borasida tarixiy islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligi, bu borada Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham alohida huquqiy qoidalar belgilanganligi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

Institut direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor A.Tulyaganov ham o‘z nutqida jazoni o‘tayotgan joylarda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash hibsxona xodimlari faoliyatining asosini tashkil etishi lozimligi, bu borada qator xalqaro standartlar belgilanganligi, hibsxonaning har bir xodimi jinoyat-ijroiya sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni yaxshi o‘zlashtirib, muntazam sohaga doir bilimlarini oshirib borishi zarur ekanligini ta’kidladi.

Tadbir qizg‘in baxs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutahassislardan atroflicha javoblar oldi.


×