Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning asosiy xususiyatlari
Murodjon Turgunov
Davlat va huquq instituti:
Direktor
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada BMTning Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi (2006-yilda qabul qilingan) ilmiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi hamda uning xalqaro miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi asosiy huquqiy vosita sifatidagi roli yoritiladi. Tadqiqotda Konvensiyaning huquqiy tabiati, uning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tizimdagi o‘rni hamda nogironlikka oid tibbiy modeldan ijtimoiy modelga o‘tishning inqilobiy huquqiy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada Konvensiyada mustahkamlangan davlat majburiyatlari — masalan, kamsitishning barcha shakllarini taqiqlash hamda tenglik va asosiy huquqlarni kafolatlash — shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning odil sudlov, ta’lim, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, axborot va mehnat munosabatlari sohalarida to‘liq ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralar batafsil tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: BMT Konvensiyasi, tenglik tamoyili, inson huquqlari, inklyuziv ta’lim, milliy institutlar, huquqiy kafolatlar, davlatning hisobdorligi.