The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Buxoro

Buxoro innovatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning sayyor yig‘ilishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, mazkur Kengash raisi, akademik A.X.Saidov hamda institut direktori, professor M.T.Turg‘unovlar ishtirok etdi. Sayyor yig‘ilish doirasida asosiy eʼtibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmonining mazmun-mohiyatiga qaratildi. A.Saidov, M.Turg‘unovlar kun mavzusida – mamlakatimiz tara-qqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildilar. Universitet ilmiy hamjamiyati doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu muloqotda insonning taʼlim olish huquqini xalqaro standartlar asosida taʼminlash va bu borada ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar ishlab chiqildi. Poytaxtdagi yirik ilmiy markazlar va hududiy oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi bun-day yaqin hamkorlik yosh izlanuvchilar va doktorantlar uchun o‘z tadqiqotlarini xalqaro talablar darajasida shakllantirish va akademik doiralarda aprobatsiyadan o‘tkazish uchun beqiyos minbar bo‘lib xizmat qildi. Yig‘ilish ya-kunlari bo‘yicha yuridik fanlarning dolzarb muammolari yuzasidan tegishli ilmiy xulosalar chiqarildi. Buxoroda yuridik kadrlar tayyorlash va ilmiy maktablarni yanada mustahkamlash borasida yangi istiqbollar belgilab olindi. 17.04.2026.


×