The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Diqqat E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) qabul e’lon qilinadi

  • 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi 2 ta (PhD), 1 ta (DSc)
  • 12.00.13 – Inson huquqlari 2 ta (PhD), 1 ta (DSc)

Tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) talabgorlar 2026 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, Institutga barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.

Tayanch doktoranturaga quyidagilar qabul qilinadi:

Doktoranturaga quyidagi talablarga javob beradigan shaxslar qabul qilinadi:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qish uch yilgacha davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Telefon: (98) 077-72-73

Ma’lumot uchun: talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga qo‘yiladigan talablar va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomda batafsil ko‘rsatilgan.


×