The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Konstitusiyaviy islohotlar: dunyo mamlakatlari tajribasi. I jild (jamoaviy monografiya)

 

Ko‘p jildlik tadqiqotning birinchi jildida inson qadr-qimmati va insonning iqtisodiy huquqlarini himoya qilish, davlatni eng qisqa demokratik boshqarish uchun konstitusiyaviy-huquqiy asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha dunyo mamlakatlari tajribasi o‘rganiladi («OoosYuouyegpapse»). Axborot-raqamli jamiyat shakllanishi va konstitusiyaviy qadriyatlarning o‘zgarishi sharoitida konstitusiyaviy huquqni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, monografiyada BMT, YXHT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarning o‘rganish predmetiga taalluqli asosiy hujjatlari, jahon davlatlarining amaldagi konstitusiyalari, zamonaviy xalqaro huquq va xalqaro huquqning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida tahlil qilingan. Unda dunyo davlatlarining amaldagi konstitusiyalaridan o‘rganilayotgan masalalarga oid parchalar kiritilgan.

Monografiya deputatlar, senatorlar, konstitusiya va qonunlar loyihasini ishlab chiquvchilar, huquqshunos olimlar, tadqiqotchilar, konstitusiyaviylik va zamonaviy davlatchilik masalalari bilan qiziquvchi barcha uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

 

Konstitusiyaviy islohotlar: dunyo mamlakatlari tajribasi. I jild: / A.X.Saidov. – Toshkent, 2022. – 622 b.

 

Mas’ul muharrir:

A.X. Saidov, yuridik fanlar doktori, akademik

Mualliflar jamoasi:

A.X. Saidov, yuridik fanlar doktori, akademik

M.Sh. Usmonov, falsafa fanlari doktori

A.A. Tulyaganov, yuridik fanlar doktori, professor

M.T. Turg‘unov, yuridik fanlar doktori

X.A. Murodov, Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i

G.R. Barnoyeva, mustaqil nomzod (PhD)

K.A. Xudjamova, mustaqil nomzod (PhD)

A.M. Xalbekov, Barqaror rivojlanish markazi bosh ilmiy xodimi

N.X. Safarov, mustaqil nomzod (PhD)

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Ilmiy kengashi tomonidan chop etish uchun tavsiya etilgan (2021 yil 28 dekabrdagi 13-sonli bayonnoma).


×