The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Sud majlislaridagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik: muammo va takliflar

UO'K 342(055.7)
KBK 67.300.6yu b26
G 56

ISBN 978-9910-8444-3-0

Mazkur monografiya Davlat va huquq instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 26 noyabrdagi №13-sonli majlis bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.

Tagijayev Marufjon Mamatojievich

Sud majlislaridagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik: muammo va takliflar;

Mas'ul muharrir: M.T. Turg'unov – Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlari doktori, professor / Toshkent nashriyeti, 2025, 192 bet.

Taqrizchilar:

Muzaffarjon Musaxonovich Mamasidiqov – Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig'i, yuridik fanlar doktori, professor.

Teshaboev Akbarjon Adamjon o'g'li – Davlat va huquq instituti Ma'muriy-huquqiy, jinoyat-huquqiy fanlar bo'limi boshlig'i, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori.

Mazkur monografiyada Oʻzbekiston Respublikasida sud majlisida sud hokimiyati va sudyaga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatib, huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortish vakolatiga ega bo'lgan fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlar bo'yicha sud sudyalarining ma'muriy qarorni hamda majburlov choralarining qo'llanilishi rasmiylashtirishga asos bo'ladigan holatlar, shuningdek ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidan tuziladigan sud qarorlarining chiqarish masalalari yoritilgan. Shuningdek, protsessual kodekslar asosida qabul qilingan sud hujjatlaridan namunalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenum qarorlaridan namunalar berilgan.

Monografiyaning yozilishidan asosiy maqsad mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, ilm-fanlarning amaliyot bilan hamohangda olib borilishini ta'minlash, shuningdek, oliy sudyalar sud hujjatlarining tuzilishida amaliy va nazariy yordam ko'rsatish etib belgilangan.

http://islas.academy.uz/storage/%D1%81%D1%83%D0%B4_%D0%BC%D0%B0%D0%B6%D0%BB%D0%B8%D1%81%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%D0%B4%D0%B0%D0%B3%D0%B8_%D1%85%D1%83%D0%BA%D1%83%D0%BA%D0%B1%D1%83%D0%B7%D0%B0%D1%80%D0%BB%D0%B8%D0%BA_%D1%83%D1%87%D1%83%D0%BD_%D0%BC%D0%B0%D1%8A%D0%BC%D1%83%D1%80%D0%B8%D0%B9_%D0%B6%D0%B0%D0%B2%D0%BE%D0%B1%D0%B3%D0%B0%D1%80%D0%BB%D0%B8%D0%BA_%D0%BC%D1%83%D0%B0%D0%BC%D0%BC%D0%BE.pdf


×