The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

OLIY TA’LIMDAN KЕYINGI TA’LIM HAMDA OLIY MALAKALI ILMIY VA ILMIY-PЕDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 09/20/696/1481-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017 y., 21-son, 396-modda)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017 y., 21-son, 396-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 16 nafar bo‘lgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017 y., 21-son, 396-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
3. Belgilab qo‘yilsinki, ilmiy darajasi mavjudligi uchun lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq va boshqa ustamalar 2013 yil 1 yanvardan boshlab to‘lanmaydi. 
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tarkibida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Kontrol za ispolneniyem nastoyashego postanovleniya vozlojit na Premer-ministra Respubliki Uzbekistan Sh.M. Mirziyoyeva.
Prezident Respubliki Uzbekistan I. KARIMOV
g. Tashkent,
28 dekabrya 2012 g.,
№ 365
(Prilojeniye № 1 utratilo silu v sootvetstvii s postanovleniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 22 maya 2017 goda № 304 — Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan, 2017 g., № 21, st. 396)
(Prilojeniye № 2 utratilo silu v sootvetstvii s postanovleniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 22 maya 2017 goda № 304 — Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan, 2017 g., № 21, st. 396)
PRILOJЕNIYE № 3 k postanovleniyu Kabineta Ministrov ot 28 dekabrya 2012 goda № 365


×