BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro Pakt qabul qilinganligining 60 yilligiga
2026-yil 1-iyul kuni Chirchiq pedagogika universitetida Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt qabul qilinganining 60 yilligiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari: barqaror taraqqiyot omili sifatida” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda olimlar, inson huquqlari faollari, talabalar va jamoat tashkilotlari vakillari Pakt doirasida inson huquqlarini himoya qilishdagi yutuqlar va qiyinchiliklarni muhokama qilish uchun birlashdilar.
Konferensiyaning asosiy jihatlari:
Ochilish: Konferensiyani universitet rektori G‘.I. Muhamedov ochdi va u barqaror rivojlanishning asosi sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni hurmat qilish va ilgari surish muhimligini ta’kidladi.
Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., prof. M.T. Turg‘unov “Huquqlarni kamsitishsiz kafolatlash – qiynoqqa solishga qarshi kurashish fonida: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuda konferensiya qatnashchilariga inson huquqlarini muhofaza etilishi bilan bog‘liq muammolarga e’tiborini qaratib, bu o‘rinda xalqaro Paktning ahamiyatini va O‘zbekiston milliy qonunchilikka nisbatan bo‘lgan ta’sirini yoritdi.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kafedrasi mudiri, pedagogika f.f.d. (PhD), prof. N. Akayeva o‘z chiqishida “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktni talabalarga yetkazish metodikasiga doir” masalada maʼruza qildi. Muqaddima, 5 qism, 31 moddadan iborat bo‘lgan paktda ilgari surilgan konseptual g‘oyalarni talabalarga qaysi uslubda yetkazish, qo‘yilgan savollarga qaytartib, qayyo‘sinda javob berish masalalariga to‘xtaldi.
Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d., prof. M.X. Baratov “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt: shakl va mazmun, tarix va istiqbollar” mavzusida nutq so‘zladi va o‘zining ma’ruzasida Pakt – davlatlar zimmasiga xalqaro-huquqiy majburiyat yuklaydigan shartnoma ekani, 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan (pakt muqaddima, 5 qism, 31 moddadan iborat)ligi va Inson qadr-qimmati, teng huquqlar, ozodlik, adolat va yalpi tinchlik g‘oyalariga asoslanadi degan paradigma asosida uni 1976-yil 3-yanvarda kuchga kirib, hozirgi davrgacha umumjahon miqyosda inson huquqlarini muhofaza etishda mislsiz ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.
Anjuman ishida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dots. M. Tilovoldiyeva “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktning falsafiy mohiyatiga doir” mavzusida maʼruza qildi. Auditoriyaning xosligidan kelib chiqib, nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi, implementatsiya bilan bog‘liq masalalarning ayrim jihatlariga eʼtibor qaratdi. Shu bilan birga, hayotning qaysi jabhalarida qanday huquqlarni muhofaza etilishi bilan bog‘liq savolga to‘la, aniq va batafsil javob berdi. Shunda Munosib yashash va yetarli turmush darajasiga katta e’tibor berildi.
Sermazmun va qiziqarli ma’ruzalar bo‘yicha juda o‘rinli va dolzarb masalalar muhokama etilib, inson huquqlarini muhofaza qilinishi bilan bog‘liq muammoli masalalar bo‘yicha munozaralarda konferensiya qatnashchilari S.B.Qorayev, G.G‘.G‘affarova, B.M.Qandov, F.A.Ibroximov va boshqalar o‘zlarining e’tiborga sazovor va qiziqarli fikr-mulohazalari bilan konferensiya ishtirokchilari oldida nutq so‘zlab, auditoriyada bo‘lgan ilmiy izlanish og‘ishmasini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishdi va ularning taqdim etgan takliflari jo‘shqin shaklda muhokamaga sabab bo‘ldi.
Anjuman yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.



