O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi PQ–9-son «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutida «Kitob burchagi»ni «Kitob o‘qish soati»ni tashkil etilib, 2026 -yil 22-sentabr kuni «Kitob o‘qish soati» doirasida Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari muhokama qilindi.
Tadbir davomida asarda davlatni boshqarish, tartib-intizomni ta’minlash, adolat tamoyillariga amal qilish, rahbar va xodimlarning mas’uliyati, harbiy va fuqarolik boshqaruvi, xalq manfaatlarini inobatga olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, asarda keltirilgan davlat boshqaruvi va rahbarlikka oid qarashlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan o‘rganish, ularning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qilish zarurligi qayd etildi.
Tadbirda professor A.Tulyaganov so‘zga chiqib, «Temur tuzuklari» asarida adolat va davlat boshqaruvi masalalari muhim o‘rin tutishi, asar yosh avlodda tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishda muhim manba ekanligini ta’kidladi. Tadbirda faol ishtirok etganlar Davlat va huquq instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



