O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi PQ–9-son «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutida «Kitob burchagi»ni «Kitob o‘qish soati»ni tashkil etilib, 2026 -yil 26-oktabr kuni «Kitob o‘qish soati» doirasida Burxoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» asari muhokama qilindi.
Tadbir davomida asarda din va davlat ishlari, xalq manfaatlarini inobatga olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, asarda keltirilgan muomalat va rahbarlikka oid qarashlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan o‘rganish, ularning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qilish zarurligi qayd etildi.
Tadbirda professor M.Turgunov so‘zga chiqib, «Hidoya» asarida adolat va din masalalari muhim o‘rin tutishi, asar yosh avlodda tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishda muhim manba ekanligini ta’kidladi. Tadbirda faol ishtirok etganlar Davlat va huquq instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



