O‘quv seminari lokatsiyasida – Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligigabag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati
2026-yil 3-sentabrda Davlat va huquq institutida doimiy faoliyat yurituvchi jamoatchilik organi hisoblangan o‘quv seminari o‘z faoliyatida navbatdagi fokusda o‘z e’tiborini – Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatiga qaratdi.
O‘quv seminar raisi M.Turg‘unov seminar yig‘ilishini kirish so‘zi bilan ochar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar, amaliy, pragmatik taklif-tashabbuslar ilf-fanimiz, milliy huquqshunoslik rivoji uchun katta metodologik ahamiyatga ekanni taʼkidladi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida butun mamlakatimiz va xalqimiz uchun o‘ziga xos chaqiriq bo‘lgan “Bugun biz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turibmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik – biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi. Buni faqat va faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali o‘zimiz bunyod etamiz. Shu maqsadda kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz”, degan so‘zlari davlat va jamiyat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotida katta turtki bo‘lganini qayd etdi.
O‘quv seminar raisi o‘rinbosari M.X.Baratov o‘z so‘zida 7 ta milliy dasturga alohida eʼtibor qaratdi.
Ayniqsa, bu borada birinchi milliy dastur ilmiy jamoatchilik – akademik hamjamiyat, yosh tadqiqiotchilar uchun favqulodda muhim ekanini bildirdi.
Birinchi milliy dastur – bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat. Qayd etilganidek, barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi. Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta‘lim standartlari joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.Kelgusi yillarda kamida 10 ta universitet TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi.
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda YIMga nisbatan 5 foizga yetkazish, yurtimizni zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantirish marrasi olinmoqda.
Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.
Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030-yilgacha YIM hajmini 300 mlrd dollarga yetkazish marrasi olinmoqda.
Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratildi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovi 100 foizga olib chiqish – umummilliy marraga aylanadi.
Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. Shuning uchun mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi.
Beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.
Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yish, fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarni qat’iy davom ettirish, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytirish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltirish bo‘lmoqda.
Endilikda davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.



