The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Farg‘onada sud-tibbiyot ekspertlari uchun xalqaro standartlar bo‘yicha trening o‘tkazildi

24-aprel kunlari Fargona shahrida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamkorlikda  "Istanbul protokoliga muvofiq qiynoq va shafqatsiz muomalani sud-tibbiy hujjatlashtirish" mavzusida xalqaro trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Davlat va huquq instituti direktori yuridik fanlari doktori M.Turgunov o‘z kirish so‘zi va ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining tibbiyot mutaxassislari va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining sud-tibbiy ekspertlari ishtirok etdi.

Trening Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YEXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirning ochilishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, YXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi elchi A.Karttunen, Tbilisi Davlat tibbiyot universiteti sud tibbiyoti kafedra mudiri R.Beriashvili, qamoqxonalar islohoti va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro maslahatchi, IPPF xalqaro penitensiar jamg‘armasining MDH mamlakatlari bo‘yicha vakili A.Shambilov (Ispaniya) va Davlat va huquq instituti direktori M.Turgunovlar so‘zga chiqdi.

Xususan, akademik A.Saidov Milliy markaz bilan YXHT o‘rtasidagi ko‘p yillik yaqin hamkorlikka urg‘u berib, 2020-2024-yillar davomida qiynoqlar va shafqatsiz muomala holatlarini samarali tekshirish va hujjatlashtirish bo‘yicha 10 dan ortiq o‘quv seminari o‘tkazilganiga e’tiborni qaratdi. Termizdagi ushbu tadbir BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi 40 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Treningda asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi tibbiyot xodimlarining Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va shafqatsiz muomalani samarali hujjatlashtirish sohasidagi xalqaro standartlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.


×