27-noyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat va huquq instituti hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ayni shu masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi hamda Irqiy kamsitishga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaning 60 yilligini nishonlash doirasida tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktorining birinchi o‘rinbosari professor Mirzatilla Tillaboev hamda Davlat va huquq instituti direktori, professor Murod Turg‘unov tadbir avvalida so‘zga chiqib, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2025-yil 21-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyish imzolanganini ta’kidladilar.
Mazkur farmoyishda “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan shior mazmun-mohiyatini keng yoritish, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida erishilayotgan natijalarni aholiga yetkazish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Anjumanda irqiy tenglikni ta’minlash, bu boradagi xalqaro standartlarni amalga oshirish va milliy tajribani yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Jumladan:
Tadbirda Milliy markaz bilan Davlat va huquq instituti doktorantlari, amaliyotchilari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbati qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Irqiy kamsitishga oid stereotiplar haqida ishtirokchilar bergan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar qaytardi.






