The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Navro‘z bahona “Yashil makon” loyihasi

Ayni dam butun mamlakat bo‘ylab – shaharu qishloqda, vodiyu vohada Navro‘z shukuhi kezib yuribdi. Joriy yilgi Navro‘z umumxalq bayramini mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida yuqori saviyada keng nishonlash barobarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2025 yil 21 fevraldagi PQ–68-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining “2025 yil 28 fevraldagi 3-34-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 2025 yil 28 fevraldagi 3-34-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat va huquq instituti xodimlari tashabbusi bilan 2025 yil 18 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi o‘tkazildi.

Ushbu loyiha doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyasi – umumxalq hashari shaklida sug‘orish tarmoqlarini tozalash, dov-daraxtlarni butash jarayonida ishtirok etildi, uch avlod vakillari – bobo, ota va nabiralar ishtirokida nihol ekildi. Xususan, jamoa tomonidan yaxshi niyatlar ila, 200 tup manzarlai daraxt o‘tqazildi.

   

   

   

   


×