

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Davlat va xuquq instituti tayanch doktoranti
«Ziyolilar.inson» loyihasi doirasida taqdirlandi
2026 yil 31 iyul kuni Toshkent shahridagi «Ziyo Forum» fondida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
1-kurs tayanch doktorant Abdullayev Aziz Xamidulloyevich «Ziyolilar.inson» loyihasi doirasida maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
«Ziyolilar.inson» loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish «Ziyo Forum» fondi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
«Ziyolilar.inson» alohida ehtiyojli insonlar hamda inklyuziv loyihalarni amalga oshirayotgan tashabbuskor va tadbirkorlarga bag‘ishlangan almanaxning maxsus sonidir. Unda hayotdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tayotgan,jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan, ilm-fan, san’at, ta’lim va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirayotgan hamda o‘z faoliyati bilan boshqalarga ilhom bag‘ishlayotgan insonlar haqida hikoya qilinadi.
Loyiha ishtirokchilarga ta’lim grantlaridan foydalanish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shaxsiy va kasbiy rivojlanish hamda soha ekspertlari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Aziz Abdullayev Davlat va huquq institutida 12.00.13 — Inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha “Nogironligi bolgan shaxslarning bandligini taminlashda mehnat xamrohligi xizmatlarining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.U bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning xuquq ximoyasiga oid 6 maqola chop etgan. Unda ilmiy va amaliy faoliyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlarini ta’minlash, inklyuziv bandlikni rivojlantirish, ish joylarida oqilona moslashtirish choralarini joriy etish, shuningdek, mavjud huquqiy va amaliy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.
Tantanali tadbir davomida Aziz Abdullayevga loyiha doirasidagi faoliyati va ijtimoiy tashabbuslari uchun maxsus sertifikat topshirildi. Shuningdek, uning hayot yo‘li, kasbiy faoliyati, amalga oshirayotgan tashabbuslari hamda inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi «Ziyolilar.inson» almanaxining yangi soniga kiritildi.

Almanaxda Aziz Abdullayevning nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozoriga tayyorlash, rezyume tuzish, ish suhbatlaridan muvaffaqiyatli o‘tishda ko‘maklashish, ish beruvchilar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ish joylarida oqilona moslashtirish choralarini targ‘ib etishga qaratilgan amaliy faoliyati yoritilgan.
Mazkur e’tirof Aziz Abdullayevning ilmiy izlanishlari bilan bir qatorda, inson huquqlarini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan amaliy faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
Davlat va huquq instituti jamoasi Aziz Abdullayevni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi hamda uning kelgusidagi ilmiy izlanishlari, ijtimoiy
tashabbuslari va amaliy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.
