The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar qo‘shma yig‘ilishi

 

12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlikda ushbu kengashlarning navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi tashkil etildi.

Mazkr tadbirda kengash a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti ilmiy xodimlari, O‘zbekistondagi yuridik va turdosh oliy o‘quv yurtlari, vazirlik hamda idoralari bilan bir qatorda mamlakatimizning akademik hamjamiyati va tahliliy markazlari, sohaning yetakchi olimlari, shuningdek yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Maqsad – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi va yuridik fanlar oldida turgan vazifalar ijrosi yuzasidan huquqshunoslik fani oldida turgan dolzarb vazifalarni muhokama qilish, sohadagi ilmiy-amaliy ishlar rejasini tuzishga oid taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish.

Asosiy vazifalar: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlarning keyingi istiqbollarini belgilashga oid huquqiy ishlanmalar samarasini oshirish borasidagi ishlarni tashkil etish, qo‘yilgan muammolar yuzasidan soha mutaxassislarining ilmiy xulosalarga asoslangan fikr-mulohazalarini tinglash,  mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajriba va amaliyotni o‘rganish, tahlil etish, ularni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish, bu boradagi aniq vazifalarni kelishib olish, ilm-fan rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli huqushunos olimlarning xotirlash marosimlari hamda bosma adabiyotlarni nashr etish rejalarini muhokama qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan so‘nggi yillarda mamlakatimizdagi fan va talim sohasidagi tub islohotlar natijasida qayta tiklangan Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar va boshqa tadqiqot markazlari, xususan, Davlat va huquq instituti, huquqshunoslar tayyorlovchi yuridik universitetlar, akademiyalar, fakultetlar va yuridik texnikumlarning professor-o‘qituvchilari, huquqshunoslar oldiga qator dolzarb vazifalarni qo‘yadi.

Birinchidan, mamlakatimiz Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” kitobidagi maqsadlar, g‘oyalar va islohotlar ruhi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan yetti yo‘nalish hamda yuzta maqsadni o‘zida mujassamlashtirgan, yuridik prognozlash usullariga asoslangan holda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish dolzarbligicha qolmoqda.

Ikkinchidan, milliy konstitutsiyaviy taraqqiyotimiz va tajribamiz, konstitutsionalizm rivojlanishiga doir xalqaro huquq va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish borasida asoslantirilgan, hayotimizning o‘zi, jamiyatimiz va davlatimiz rivoji talab etayotgan takliflarni ishlab chiqish.

Uchinchidan, kodifikatsiya nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rganish, yuridik  prognozlash asosida qonunchiligimizni tizimlashtirish, bunda mumkin qadar havolaki normalardan voz kechish.

To‘rtinchidan, yuridik talim, qayta ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini, yuridik fanlar bo‘yicha dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. 

Ayniqsa, huquqshunoslik sohasida malakali kadrlar tayyorlash, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish – bugungi kun, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar talabidir.

Qiziqarli o‘tgan tadbir davomida shu kabi masalalar muhokama qilindi. Anjuman doirasida akademik A.Saidov qalamiga mansub “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” darslik-xrestomatiyasi taqdimoti o‘tkazildi.

   

   

   


×